Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va muammolarga amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Shu maqsadlarda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 13-Shabada saylov okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin Hazratqulovna tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov bilan birgalikda tumandagi “Yo‘lchi” mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi qabulini o‘tkazdi.

Qabulda aholi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish va tegishli choralar belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Xususan, ijtimoiy himoya, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotidagi ayrim muammolarni bartaraf etish hamda ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish istagida bo‘lgan fuqarolarga kredit olish va subsidiya ajratish tartiblari yuzasidan aniq tushuntirish va amaliy takliflar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda joyida hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5