Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori ijrosi doirasida Muzrabot tumanida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha asosida tuman hududidagi 15 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bugun mazkur mahallalarning qaysi biriga borilmasin, bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Mazkur loyiha bo‘yicha tumanning “Sopollitepa” mahallasida hududida yangi DMTTni qurish ishlari jadallik bilan bajarilmoqda.

Ushbu jarayonlar tanishish maqsadida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev tuman Kengashi deputati B.Aliqulov saylangan 18-Sopollitepa saylov okrugiga qarashli “Sopollitepa” mahallasida qurilish obyektiga borib, bajaruvchi tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida tayyorlangan qurilish loyihasiga asosan belgilangan talablar doirasida bajarilishi alohida e’tibor bilan nazorat qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan mas’ullarga qurilish ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4