Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati A. Ergashev, Kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar Mustaqillik mahallasida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, xususan yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida mahallada yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, deputat A. Ergashev va Kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar ham o‘rganildi. Jumladan, mazkur oilalardan bir nafariga turar joy ijarasi uchun kompensatsiyaning 50 foizi to‘lab berilgani, shuningdek haydovchilik guvohnomasini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorida moliyaviy yordam ajratilgani qayd etildi.

Yoshlar yetakchisi tomonidan hududdagi yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Deputatlar va mutaxassislar tomonidan mavjud kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berilib, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 4