Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🏛Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputati Masharipova Sayyora O‘rinovna tomonidan Juvarxos mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalarni muhokama etishdan iborat bo‘ldi.

📝Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

✅Saylovchilar o‘zlarini qiynab kelayotgan ayrim muammolarni deputatga yetkazib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam so‘rashdi.

📁Deputat Masharipova Sayyora O‘rinovna har bir murojaat va taklifni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolar bilan bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish muhimligini bildirib, aholi ishonchini oqlash deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini qayd etdi.

❗️Mazkur uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, fuqarolar va deputat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 1