Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat tashabbusi bilan sayyor tibbiy xizmat

Deputat tashabbusi bilan sayyor tibbiy xizmat

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Eshonxodjayev Otabek Djurayevich tashabbusi bilan Yunusobod tumani 51-sonli oilaviy poliklinikasida sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Mazkur tibbiy tadbir 20-Jomiy okrugi hududiga kiruvchi Jomiy, Iftihor va Yangiariq mahallalari aholisini qamrab oldi.

Ko‘rik jarayoniga respublikaning yetakchi tor mutaxassislari jalb etilib, fuqarolar uchun malakali tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Tadbir davomida 140 nafardan ortiq fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida fuqarolarga individual yondashuv asosida tibbiy maslahatlar berildi, zarur holatlarda esa qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun tegishli yo‘llanmalar tavsiya etildi. Ushbu tashabbus aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram

Slide 1 of 1