Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Gulistonda jinoyatchilik va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni komissiya raisi, deputat J. Xolboyev olib bordi. Unda Guliston shahar Ichki ishlar bo‘limining 2026-yil I-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi. Hisobot yuzasidan tashkiliy bo‘lim boshlig‘i J. Begaliyev axborot berdi.

📊 Qayd etilishicha:

— 127 ta jinoyat qayd etilgan;

— aniqlanish darajasi 76,3% ni tashkil etgan;

— ayrim turdagi jinoyatlar va YTHlar oshgan, ijobiy ko‘rsatkichlar ham mavjud.

🚨 Shuningdek:

— 3 ta mahalla “qizil”, 8 tasi “sariq” toifaga kiritilgan;

— 882 nafar shaxs profilaktik nazoratga olingan;

— 5,9 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari aniqlangan.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani batafsil ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun uni xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish taklif etildi.

Slide 1 of 4