Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

Bandixon tumani: Hokim yordamchisi ko‘magi – oilaviy tadbirkorlik poydevori!

✅Bandixon tumanida “Har bir oila — tadbirkor” tamoyili shunchaki shior emas, balki har bir xonadonga kirib borayotgan barqaror daromad manbaiga aylanmoqda. Mahallabay ishlash tizimi orqali aholi bandligini ta’minlash va tomorqadan unumli foydalanish masalalari bugun tumanimizda bosh ustuvor vazifa hisoblanadi.

✅O‘rganish jarayoni va maqsad

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati N.Allamuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulovlar tomonidan “Obod yurt” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Asosiy vazifa:

✅Prezidentimizning PQ-55-sonli qarori ijrosini ta’minlash;

✅Ishsiz aholini kasb-hunarga yo‘naltirish;

✅Har bir xonadonda barqaror daromad manbalarini yaratish.

🍋 Tomorqa — xonadon xazinasi!

O‘rganish davomida hokim yordamchisining tavsiyasi va imtiyozli kredit ko‘magida o‘z xonadonini namunali tadbirkorlik maskaniga aylantirgan G‘afforov Ro‘ziboy xonadonida bo‘lindi.

✅Ushbu xonadonda tashkil etilgan:

🍯 Asalarichilik – tabiat ne’mati va daromad uyg‘unligi;

🍋 Limonchilik – zamonaviy issiqxonada yetishtirilayotgan serdaromad mahsulot;

🫑 Bulg‘or qalampiri – bozorning xaridorgir mahsulotlari bilan yaqindan tanishildi.

"Hokim yordamchisining yo‘nalish bergani va davlatimiz tomonidan yaratilgan imtiyozlar bizga kuch bag‘ishladi. Bugun nafaqat oilamizni boqyapmiz, balki bozorlarimiz to‘kinligiga ham hissa qo‘shyapmiz," — deydi tadbirkor.

✅ Bu kabi misollar mahallalarda ishsizlikni kamaytirish va aholi farovonligini oshirishda "mahallabay" ishlash tizimi qanchalik samarali ekanini ko‘rsatmoqda.

Slide 1 of 6