Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХОТИРА ВА ҚАДРИЯТЛАР ЭЪЗОЗЛАШ
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУАММОЛАР ВА ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБЛИ РЕЖАЛАШТИРИШДАН БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
МЕҲР ВА ЭЪТИБОР — ИНСОН ҚАДРИНИ ЮКСАЛТИРАДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЯНГИ АЁЛЛАР САЛОМАТЛИК МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
Nazorat-tahlil tadbiri davom etmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi 21-Chinobod saylov okrugi deputati Gulorom Mamatova hamda kotibiyat mudiri Jamshid Raximqulovlar tomonidan hududdagi 3-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyati nazorat tadbiri o‘tkazildi. Nazorat-tahlil jarayonida muassasada olib borilayotgan ro‘yxatga olish ishlari zamonaviy kompyuter tizimlari orqali amalga oshirilayotgani, aholi qatlamining elektron bazaga kiritilish holati hamda tizimning amaliy samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgan “Fitobar” xonasi ish faoliyati ham o‘rganilib, unda mavjud bo‘lgan dorivor o‘simliklardan tayyorlangan damlamalar va dori vositalari haqida mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Tashrif davomida deputat tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va fikrlarini tingladi. Shuningdek, bemorlar bilan suhbatlashilib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yuzasidan fikr almashildi. O‘rganish yakunida depuatat tomonidan soha faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmat sifatini oshirish hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1