Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ Сел-тошқинларнинг олдини олиш ишлари ўрганилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ВА БЕМОРЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
ТАДБИРКОР АЁЛ ТУТ ЕТИШТИРИШ ОРҚАЛИ ПИЛЛАЧИЛИККА ҲИССА ҚЎШМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММОЛАРИ МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ХОТИРА ВА ҚАДРИЯТЛАР ЭЪЗОЗЛАШ
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУАММОЛАР ВА ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБЛИ РЕЖАЛАШТИРИШДАН БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 10-“Saidlar” saylov okrugidan saylangan deputat Qurbonova Nafisa Rahimovna 8-son maktab kutubxonasida bo‘lib, deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P. Rahmanov deputat N. Qurbonovaga hamrohlik qildi hamda jarayon davomida tashkiliy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatdi.

Kutubxonada 10 879 ta kitob zaxirasi mavjud bo‘lib, shundan 1300 dan ortig‘i badiiy adabiyotlardan iborat ekani aniqlandi. Shuningdek, kutubxonadan nafaqat o‘qituvchi va o‘quvchilar, balki hudud aholisi ham keng foydalanayotgani, ko‘plab fuqarolar uning doimiy a’zolari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bu holat hurmatli Prezidentimiz tomonidan kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlar qabul qilinganidan keyin amalga oshirilgan sa’y-harakatlar samarasi sifatida baholanishi mumkin.

Hozirgi kunda maktab kutubxonasi o‘quvchilar uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonida eng sevimli va foydali maskanlardan biri hisoblanadi.

Deputat tomonidan homiy tashkilotlarni jalb etgan holda maktab kutubxonasini yangi, zamonaviy kitoblar bilan boyitish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Slide 1 of 2