Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan media-rejasiga muvofiq, avtobus qatnovlarining muntazamligi, bekatlar holati hamda yo‘lovchilarga yaratilgan qulayliklarni o‘rganish maqsadida monitoring tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur jarayonda tuman deputati Eldor Erkaboyev tomonidan Boyovut tuman Avtostansiyasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mavjud yo‘nalishlar va ularda xizmat ko‘rsatayotgan transport vositalari faoliyati tahlil qilindi. Xususan:

🚐 - №223-sonli (Boyovut – Guliston – U.Yusupov orqali) yo‘nalishda 10 ta mikroavtobus;

🚐 - №222-sonli (Boyovut – Guliston – 3-Boyovut orqali) yo‘nalishda 20 ta mikroavtobus hamda B267 yo‘nalishida 7 ta avtobus;

🚌 - №899-sonli (Boyovut – Bekobod tumani – Shirin shahri orqali) yo‘nalishda 5 ta avtobus;

🚌 - №215-sonli (Boyovut – Guliston shahri – G‘allakor orqali) yo‘nalishda 2 ta avtobus;

🚌 - №1134-sonli (Boyovut – Jo‘langar – Jizzax viloyati) yo‘nalishda 1 ta avtobus;

🚌 - №908-sonli (Boyovut – Toshkent shahri – 3-Boyovut orqali) yo‘nalishda 1 ta avtobus;

🚌 - №234-sonli (Boyovut – Yangiyer shahri) yo‘nalishda 3 ta avtobus xizmat ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi.

Shuningdek, avtostansiyada yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutish joylari, axborot ta’minoti va xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijasida yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklar yaratilgani, xizmat ko‘rsatish jarayoni belgilangan tartibda tashkil etilgani qayd etildi.

Slide 1 of 5