Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
#sorov_ijrosi ➕ Deputat so‘rovi asosida Qoraqo‘yli MFYdagi yangi oilaviy poliklinika qurilishi yuzasidan ma’lumot olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Ulugbek Nurmuxamedovning deputat so‘roviga asosan, Ishtixon tumani “Qoraqo‘yli” MFY hududida yangi oilaviy poliklinika binosini qurish ishlari bo‘yicha Sog‘liqni saqlash bo‘limining rasmiy javobi olindi.

Javob xatida qayd etilishicha, mazkur obyekt bo‘yicha loyiha elektron davlat xaridlariga joylashtirilgan bo‘lib, ayni paytda tanlov jarayonlari yakuniy bosqichda ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, 2026-yil I choragi davomida loyiha-smeta hujjatlarini shakllantirish hamda zarur tashkiliy tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgan.

Ma’lum qilinishicha, elektron davlat xaridlari bo‘yicha yakuniy xulosa olingach, qurilish ishlarini 2026-yil aprel oyi yakuniga qadar bosqichma-bosqich boshlash rejalashtirilgan.

Qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilib, obyektni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilayotgani bildirildi.

Deputatlik nazorati doirasida mazkur loyiha ijrosi yuzasidan o‘rganishlar davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1