Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ Сел-тошқинларнинг олдини олиш ишлари ўрганилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ВА БЕМОРЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
ТАДБИРКОР АЁЛ ТУТ ЕТИШТИРИШ ОРҚАЛИ ПИЛЛАЧИЛИККА ҲИССА ҚЎШМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММОЛАРИ МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ХОТИРА ВА ҚАДРИЯТЛАР ЭЪЗОЗЛАШ
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУАММОЛАР ВА ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБЛИ РЕЖАЛАШТИРИШДАН БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Qaror ijrosi o`rganildi

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi “Ichimlik suv ta`minoti va oqova suv tizimini
yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Jalaquduq tumanida o`rganish ishlari amalga oshirildi.
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi raisi Sh.Xaytoxunov, Kengash kotibiyati mudiri I.Juraev hamda doimiy komissiya raislari A.Qurbonov va E.Qurbonovlar tumandagi “Yangi chek”, “Olmazor” va “G`ozicheki” mahallalarida aholi vakillari bilan uchrashdilar.  

Uchrashuv jarayonida aholini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta`minlash holati, xonadonlarga tortilgan
suv tarmoqlariga hisoblash uskunalarini o`rnatish va mavjud qarzdorliklarni qisqartirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shu bilan birga, tumandagi “Ichimliksuvta`minot” MChJ faoliyati o`rganilib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-343-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mas`ullarga aniq topshiriqlar berildi. 

Mazkur o`rganish natijalariga ko`ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sohadagi ishlarni tizimli tashkil
etish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Deputatlik nazorati aholi manfaatlarini ustuvor ta`minlashga qaratilgan holda, amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 5