Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
#sayyor_qabul

#sayyor_qabul

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan hududda navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur qabulda Kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirova ham ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini atroflicha o‘rganishda faol qatnashdi.

Qabul davomida aholi tomonidan uy-joy, bandlik, ijtimoiy nafaqa, kommunal xizmatlar, yo‘l va infratuzilma bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi. Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari esa muddat belgilangan holda deputat nazoratiga olindi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Sayyor qabul ochiq muloqot ruhida o‘tib, aholining muammolarini tizimli hal etish, ularning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topishga xizmat qildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 8