Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
DEPUTAT NAZORATI

Shu maqsadda mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, nafaqa va moddiy yordamlarning adolatli hamda manzilli yetkazilishi holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Olmazor” mahallasida olib borildi. 

O‘rganish jarayonida ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash mezonlariga rioya etilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi. 

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, yordamlarni manzilli va shaffof yetkazilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati doimiy ravishda davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi ta’kidlandi. 

Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5