Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi: muammo bartaraf etildi

️Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nosirjon Egamberdiyev tomonidan fuqarolar murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘rovi ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

Xususan, Guliston shahri Ma’naviyat MFY, Mushtariy ko‘chasi 30-uy atrofida ichimlik suvi quvuridagi nosozlik bo‘yicha deputat tomonidan ilgari surilgan murojaat ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar nazorat tartibida ko‘zdan kechirildi.

️Aniqlanishicha, “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar bo‘limi tomonidan hudud mutaxassislar ishtirokida o‘rganilib, yorilgan ichimlik suvi quvuridagi nosozlik avariya-tiklash guruhi tomonidan tezkor bartaraf etilgan.

Natijada fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan muammo ijobiy hal etilib, hududdagi ichimlik suvi ta’minoti barqarorlashtirildi.

️Deputatlik so‘rovlari ijrosini joyida nazorat qilish orqali aholi murojaatlarining amaliy yechim topishi ta’minlanmoqda.

Slide 1 of 1