Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Texnikumdagi ta’lim va amaliyot uyg‘unligi o‘rganildi

Tashrif davomida deputatlar o‘quv xonalari, kutubxona, to‘garaklar faoliyati hamda talabalar tomonidan turli mahsulotlar (kiyim-kechak va buyumlar) ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash tizimiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlarning muammo va takliflari tinglandi. Muloqot davomida ta’lim jarayonini amaliyot bilan yanada uyg‘unlashtirish, amaliyot bazalarini rivojlantirish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda deputatlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati haqida ham to‘xtalib o‘tdilar.

Xususan, 2026 yildan boshlab ilg‘or xorijiy ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini 100 taga yetkazish, dual ta’lim asosida o‘qiyotgan 100 ming nafar o‘quvchiga stipendiya to‘lash hamda a’lo bahoda o‘qiyotgan talabalarga oshirilgan stipendiyalar berish rejalari ta’kidlab o‘tildi.

Tashrif yakunida deputatlar texnikum rahbariyatiga mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdilar.

Slide 1 of 3