Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
“Karyera kuni” — bitiruvchilar bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam

 Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Shahzoda Negmatova faol ishtirok etib, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Deputat o‘z nutqida bugungi kunda ta’lim tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash eng ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

 Shuningdek, Shahzoda Negmatova talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning kasbiy rejalari, mavjud muammolari va takliflarini tingladi. U yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z sohasida faoliyat boshlashi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish muhimligini qayd etdi.

 Tadbirda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Yo‘ldoshev, shuningdek viloyatdagi barcha tumanlarning maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari hamda kadrlar bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.

 Tadbir davomida viloyat va tuman maktabgacha hamda maktab ta’limi tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bitiruvchilarga taklif etildi. Natijada ko‘plab institut bitiruvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga qabul qilinib, bandligi ta’minlandi.

 Ta’kidlash joizki, bu kabi “Karyera kuni” tadbirlari nafaqat talabalar uchun muhim imkoniyat yaratadi, balki ta’lim tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlashda ham samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.

 Deputat Shahzoda Negmatova tomonidan bildirilgan tashabbuslar va qo‘llab-quvvatlash ishlari yoshlarning kelajakda o‘z o‘rnini topishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3