Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputati tomonidan «Yoshlik» mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati atroflicha o‘rganildi.

Tuman Kengashi deputati Allaerov Sobirjon Baxtiyorovich tomonidan soliq inspektori faoliyati, xususan, mahalla aholisidan mahalliy soliqlarni undirish, soliq to‘lovchilar bilan ishlash, tushuntirish targ‘ibot tadbirlarini olib borish hamda to‘lov intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi.

O‘rganish jarayonida soliq tushumlarini oshirish, qarzdorliklarni kamaytirish va aholining soliq madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan kelgusida soliq tushumlarini yanada ko‘paytirish, aholiga qulaylik yaratish hamda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida amaliy choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2