Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Oliy Majlis Senati huzuridagi Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyaning navbatdagi majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi, kotibiyat mudiri, doimiy komissiya raisi hamda kotibiyat mutaxassislari “Zoom” platformasi orqali ishtirok etdilar.

Majlis davomida mahalliy Kengashlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Shuningdek, deputatlik so‘rovlari natijadorligi, ularga o‘z vaqtida va sifatli javob berish masalalari hamda bu borada tizimli nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda mahalliy vakillik organlari faoliyatini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali ish samaradorligini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi hamda norma ijodkorligi faoliyati tahliliga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur yig‘ilish mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududlarda tizimli ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3