Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari, jumladan, kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi A.Mahkamov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan shahardagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur loyiha Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 12-sentabrdagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, maktab hududidagi bo‘sh maydonda 1 milliard 430 million so‘m mablag‘ evaziga yangi oshxona binosi qurilmoqda.

Qurilish ishlari “Otabek imkoniyati” MCHJ tomonidan olib borilmoqda. Hozirgi kunda asosiy qurilish ishlari yakunlanib, yo‘laklarni barpo etish ishlari davom etmoqda.

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan qurilish sifati, ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 8