Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o`rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Dilorom Xolmatova tomonidan Ulug‘ yo‘l MFY hududida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishini o‘rganish maqsadida 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishdan asosiy maqsad — ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishi, shuningdek, obyektning foydalanishga topshirishga tayyorgarlik holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida mazkur obyekt hududida qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagani, ishlarning ayrim qismi chala holatda ekani aniqlandi. Shuningdek, o‘rganish vaqtida obyekt hududida mas’ul shaxslar va qurilish ishlarini olib borayotgan ijrochilar mavjud emasligi kuzatildi, bu esa ish jarayonining sust tashkil etilganidan dalolat beradi.

Mazkur holatlar qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda yakunlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi. Shu bilan birga, ajratilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligi hamda ishlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mas’ul tashkilotlarga qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, obyektga doimiy mas’ul shaxslarni biriktirish hamda ishlarni qisqa muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish lozimligi yuzasidan xulosa qilindi.

Slide 1 of 3