Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Bog‘chalarda sharoit va ovqatlanish sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Rustam Primqulov o‘z saylov okrugidagi 23-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida 125 o‘rinli mazkur bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ovqatlanish tizimi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Bolalar uchun tayyorlanayotgan taomlar sifati, ularning tarkibi va belgilangan sanitariya hamda gigiyena me’yorlariga muvofiqligi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, muassasa omborxonasidagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari ko‘zdan kechirilib, ularning saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddati hamda yetarli darajada zaxira mavjudligi tahlil qilindi. O‘rganishlar yakunida deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi. Bolalar salomatligi, sifatli va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash masalalari doimiy nazoratga olinishi alohida ta’kidlandi. Mazkur tashrif aholining ijtimoiy sohadagi muammolarini joyida o‘rganish, ularni tezkor bartaraf etish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1