Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Ёқубжонов Жаҳонгир Зокиржонович ҳудудидаги мактабгача таълим муассасасида бўлиб, ўрганиш ишларини олиб борди.
янв.21
Мактабгача таълим муассасасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
янв.21
Фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ўрганилди
янв.21
Аҳоли саломатлиги йўлида амалий ташаббус
янв.21
Депутат томонидан мактабда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Янгиқўрғон туманида ҳашар ишлари уюшқоқлик билан ўтмоқда.
янв.21
“Яшил макон” лойиҳаси доирасида амалий ишлар давом этмоқда.
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди.
янв.21
Маҳаллаларда ободонлаштириш ишлари давом этмоқда
Deputat arzonlashtirilgan yarmarkadagi narx-navolarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Dilchexra Ergasheva o‘zining saylov okrugida tashkil etilgan bozor yarmarkasida aholi uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, ularning sifati hamda savdo jarayonlari bilan tanishdi. 

Deputat yarmarkada sotuvchilar va xaridorlar bilan muloqot qilib, narxlarning barqarorligi, mahsulotlarning yetarliligi hamda aholining ehtiyojlari haqida fikr almashdi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning aholiga qulay narxlarda yetkazib berilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ayrim mahsulotlar narxlarini yanada maqbullashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish hamda savdo madaniyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, yarmarkalarning doimiy ravishda tashkil etilishi aholining xarid imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3