Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Ёқубжонов Жаҳонгир Зокиржонович ҳудудидаги мактабгача таълим муассасасида бўлиб, ўрганиш ишларини олиб борди.
янв.21
Мактабгача таълим муассасасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
янв.21
Фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ўрганилди
янв.21
Аҳоли саломатлиги йўлида амалий ташаббус
янв.21
Депутат томонидан мактабда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Янгиқўрғон туманида ҳашар ишлари уюшқоқлик билан ўтмоқда.
янв.21
“Яшил макон” лойиҳаси доирасида амалий ишлар давом этмоқда.
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди.
янв.21
Маҳаллаларда ободонлаштириш ишлари давом этмоқда
Deputat nazoratida: Mehr ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining "2026-yilda Toshkent shahri Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi jamoat transport qatnaydigan ko‘chalarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi III-18-13-14-204-K/26 sonli qarori ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizi o'z okrugidagi Navbahor va Katta Navbahor mahallalarini tutashtiruvchi Mehr ko‘chasida ta’mirtalab bo‘lgan yo‘l qismida joriy ta’mirlash ishlarini borib o'rgandi va nazorat qildi.

O‘rganish jarayonida ushbu yo‘l qismida mavjud muammolar, ta’mirtalab hududlar hamda bajarilayotgan ishlarning sifati alohida e’tiborga olindi. Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar hamda haydovchilar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi deputat tomonidan nazoratga olindi.

Hududlarda obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholiga munosib shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3