Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat

📌 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati Mannonbek Tillyaxodjayev o‘zi saylangan hududlardagi aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasidagi ishlarini davom ettirmoqda.

✅ Navbatdagi o‘rganish jarayonlari “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Deputat mahalla hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va “Ijtimoiy reyestr”da turuvchi fuqaro Sh.R.ning yashash sharoitini shaxsan borib ko‘zdan kechirdi.

✅ O‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi:

➡️ Fuqaro 2-guruh nogironi bo‘lib, ikki nafar voyaga yetmagan farzandini tarbiyalamoqda;

➡️ Oila istiqomat qilayotgan xonadon bugungi kunda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan.

✅ Deputat fuqaroning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida mazkur xonadonni zudlik bilan ta’mirlash choralarini ko‘rdi. Mazkur xayrli tashabbus va ta’mirlash ishlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.

“Xalq vakili sifatida asosiy vazifamiz — ko‘makka muhtoj fuqarolarimizning dardu tashvishiga sherik bo‘lish va ularning muammolariga amaliy yechim topishdir”, — deydi deputat M.Tillyaxodjayev.

🔗Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

👉 https://t.me/farkengashrasmiy 

Slide 1 of 5