Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
O‘RGANISH NATIJALARI BO‘YICHA DEPUTAT SO`ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna va Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovnalar Parkent tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga tashrif buyurib, hududdagi yo‘l harakati xavfsizligini o‘rganishdi. O‘rganish jarayonida tuman IIB YHXB mas’ul xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, yo‘l-transport hodisalari ko‘p qayd etilayotgan hududlar haqida ma’lumot olindi. Suhbat davomida IIB YHXB xodimi tomonidan Markaziy dehqon bozori oldidagi asosiy yo‘l va bozor atrofida transport oqimi yuqoriligi, yo‘l belgilarining yetishmasligi va yo‘l qoplamasining nosozligi tirbandlikka sabab bo‘layotgani aytildi. Shu munosabat bilan deputat M.Berdiqulova Parkent tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi rahbari F.Axmatxonovga mazkur hududda yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘l qoplamasini ta’mirlash bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etishni so‘rab deputatlik so‘rovi yubordi. 

Slide 1 of 1