Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlar shifoxona faoliyatini o‘rgandilar

 Deputatlar shifoxona faoliyatini o‘rgandilar 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan Quva
yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati,
davolash jarayonlarining tashkil etilganligi hamda bemorlarni davlat tomonidan bepul
ajratiladigan dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida shifoxonada yaratilgan shart-sharoitlar,
tibbiy jihozlardan foydalanish darajasi, tibbiyot xodimlarining bemorlarga munosabati
va davolash protokollariga rioya qilinishi kabi masalalar ham alohida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, bemorlar va ularning
yaqinlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. 

O‘rganish natijalari
bo‘yicha muassasa rahbariyatiga tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda bemorlarni
zarur dori-darmon vositalari bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya
va takliflar berildi hamda mazkur muassasaning elektr energiya ta’minoti bo‘yicha
ikkinchi liniyaga ulash bilan bog‘liq masalasini hal etish bo‘yicha kelishib olindi.  

Slide 1 of 9