Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova, tuman Kengashi deputatlari Sh.Soliyev hamda M.Rajabovalar ishtirokida Romitan tumanidagi “Oʻba” mahallasi saylovchilar bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bevosita joyida oʻrganish, fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularga huquqiy hamda amaliy yordam koʻrsatishdan iborat boʻldi.

Qabul davomida quyidagi masalalar tahlil qilindi:

Fuqarolar tomonidan asosan bandlik, ijtimoiy nafaqalar tayinlash, ichki yoʻllar holati va kommunal sohadagi masalalar koʻtarildi.

Kelib tushgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish va muddat talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat soʻrovlari yuborish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlari va ijtimoiy dasturlarning mazmun-mohiyati yuzasidan saylovchilarga batafsil maʻlumotlar berildi.

Slide 1 of 1