Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мактабгача таълим муассасасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
янв.21
Фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ўрганилди
янв.21
Аҳоли саломатлиги йўлида амалий ташаббус
янв.21
Депутат томонидан мактабда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Янгиқўрғон туманида ҳашар ишлари уюшқоқлик билан ўтмоқда.
янв.21
“Яшил макон” лойиҳаси доирасида амалий ишлар давом этмоқда.
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди.
янв.21
Маҳаллаларда ободонлаштириш ишлари давом этмоқда
янв.21
Аҳолига суюлтирилган газ етказиб бериш ҳолатлари ўрганилди
“YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!”

Joriy yilning 13–14-mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu tadbir Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etildi.

Mazkur umumxalq xayriya hashari doirasida Mirzacho‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf binosi hovlisida hamda Paxtazor MFY hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Hashar jarayonida maktab va mahalla hududida tozalash ishlari olib borilib, daraxtlarga shakl berildi, ariqlar tozalandi.

Shuningdek, boshlang‘ich sinf binosi hovlisiga 160 tup gilos hamda 50 tup qayrag‘och nihollari ekildi.

Mahalla faollari va maktab jamoasi ushbu xayrli tadbirda faol ishtirok etib, hudud obodligi va mahalla ko‘rkini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shdi.

Slide 1 of 7