Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мактабгача таълим муассасасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
янв.21
Фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ўрганилди
янв.21
Аҳоли саломатлиги йўлида амалий ташаббус
янв.21
Депутат томонидан мактабда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Янгиқўрғон туманида ҳашар ишлари уюшқоқлик билан ўтмоқда.
янв.21
“Яшил макон” лойиҳаси доирасида амалий ишлар давом этмоқда.
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди.
янв.21
Маҳаллаларда ободонлаштириш ишлари давом этмоқда
янв.21
Аҳолига суюлтирилган газ етказиб бериш ҳолатлари ўрганилди
G‘avhar mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi

 G‘avhar mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi

Chilonzor tumani Kengashi deputati Axmedov Shuxrat Murotovich tomonidan Gavhar mahallasi hududidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi bir qator ko‘chalar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani aniqlandi. Jumladan:

— 4-tor Dilxush ko‘chasi

— Serquyosh ko‘chasi

— Dilxush ko‘chasining ayrim qismlari

— Gavhar 2-tor ko‘chasi

— 3-tor Dilxush ko‘chasi

— Baxtlik ko‘chasi

Mazkur hududlarda yo‘l qoplamasi eskirgan bo‘lib, joriy ta’mirlash va asfaltlash ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, o‘rganishlar natijasida Kichik Xalqa yo‘li ko‘chasi 17A-sonli ko‘p qavatli uy oldida joylashgan piyodalar yo‘lagi ham ta’mirtalab holga kelib qolgani aniqlandi.

Deputat tashabbusi va homiyligi asosida piyodalar yo‘lagini ta’mirlash va tiklash ishlari tezkor amalga oshirildi.

 Qolgan ko‘chalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, masalani hal etish choralari ko‘rish belgilab olindi.

️Olib borilgan ishlar mahalla aholisi uchun qulaylik yaratish, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5