Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мактабгача таълим муассасасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
янв.21
Фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ўрганилди
янв.21
Аҳоли саломатлиги йўлида амалий ташаббус
янв.21
Депутат томонидан мактабда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Янгиқўрғон туманида ҳашар ишлари уюшқоқлик билан ўтмоқда.
янв.21
“Яшил макон” лойиҳаси доирасида амалий ишлар давом этмоқда.
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди.
янв.21
Маҳаллаларда ободонлаштириш ишлари давом этмоқда
янв.21
Аҳолига суюлтирилган газ етказиб бериш ҳолатлари ўрганилди
#24_ta_masala

2-Qo‘rg‘oncha saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati K.Kasimova tomonidan mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy holatini o‘rganish maqsadida ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Tashrif davomida deputat ishsiz fuqarolar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning yashash sharoiti, mavjud muammolari hamda ishga joylashish bilan bog‘liq masalalarini o‘rgandi. Fuqarolar tomonidan kasb-hunar egallash, doimiy ish o‘rinlariga joylashish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan bildirilgan taklif va murojaatlar diqqat bilan tinglandi.

Muloqot jarayonida aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalasi bugungi kunda muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Shu bois, fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasbga o‘qitish kurslariga jalb etish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali ularning daromad manbalarini kengaytirish borasida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari e’tibordan chetda qolmasligi, ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.

✅ https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4