Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мактабгача таълим муассасасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
янв.21
Фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ўрганилди
янв.21
Аҳоли саломатлиги йўлида амалий ташаббус
янв.21
Депутат томонидан мактабда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Янгиқўрғон туманида ҳашар ишлари уюшқоқлик билан ўтмоқда.
янв.21
“Яшил макон” лойиҳаси доирасида амалий ишлар давом этмоқда.
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди.
янв.21
Маҳаллаларда ободонлаштириш ишлари давом этмоқда
янв.21
Аҳолига суюлтирилган газ етказиб бериш ҳолатлари ўрганилди
Toyloq tumanida ijtimoiy soha masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✅Yig‘ilish davomida Toyloq tumanida ijtimoiy soha yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek Radjabovning hisoboti tinglandi. Hisobotda yoshlar siyosati, madaniyat, sport hamda ijtimoiy xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

✅Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ayrim masalalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, hududlarda ijtimoiy soha rivojiga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✅Yig‘ilish yakunida eshitilgan hisobot masalasini Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tavsiya berildi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi