Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мактабгача таълим муассасасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
янв.21
Фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ўрганилди
янв.21
Аҳоли саломатлиги йўлида амалий ташаббус
янв.21
Депутат томонидан мактабда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Янгиқўрғон туманида ҳашар ишлари уюшқоқлик билан ўтмоқда.
янв.21
“Яшил макон” лойиҳаси доирасида амалий ишлар давом этмоқда.
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди.
янв.21
Маҳаллаларда ободонлаштириш ишлари давом этмоқда
янв.21
Аҳолига суюлтирилган газ етказиб бериш ҳолатлари ўрганилди
DEPUTAT_SO‘ROVI_ChIQARILDI

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya Kengashi tomonidan deputatlar bilan birgalikda Yashil Makon umummilliy loyihasi doirasida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Mustaqillik ko‘chasida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mazkur hududda ekilgan daraxt ko‘chatlarining holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ayrim muammolar ham aniqlandi, masalan: yer tarkibida sho‘r miqdori yuqoriligi, sug‘orish tizimi nosoz holatda bo‘lganligi sababli ko‘chatlarni parvarishlashda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Deputatlik vakolatidan foydalangan holda A.Matniyazov Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Jumamuratovga ushbu masalaning ijobiy yechim topishi bo‘yicha DEPUTAT SO'ROVI chiqardi va ijrosini nazoratga oldi.