Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Ёқубжонов Жаҳонгир Зокиржонович ҳудудидаги мактабгача таълим муассасасида бўлиб, ўрганиш ишларини олиб борди.
янв.21
Мактабгача таълим муассасасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
янв.21
Фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ўрганилди
янв.21
Аҳоли саломатлиги йўлида амалий ташаббус
янв.21
Депутат томонидан мактабда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Янгиқўрғон туманида ҳашар ишлари уюшқоқлик билан ўтмоқда.
янв.21
“Яшил макон” лойиҳаси доирасида амалий ишлар давом этмоқда.
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди.
янв.21
Маҳаллаларда ободонлаштириш ишлари давом этмоқда
#nazorat tadbiri

Xotira — muqaddas, qadriyat — boqiy!

Olmaliq shahrimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan, aholining sevimli hordiq maskanlaridan biri — "Oltin olma" hiyoboni navbatdagi jamoatchilik nazorati maskaniga aylandi. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Baxodir Miralimov ushbu majmuadagi bugungi holatni atroflicha o‘rgandi.

Hiyobon nafaqat dam olish maskani, balki tariximizga ehtirom ko‘rsatish joyi hamdir. Shu sababli nazorat tadbiri davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:

✅Tarixiy xotira maydoni: Majmuada joylashgan "Motamsaro ona" haykali hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining nomlari bitilgan peshlavhalarning holati ko‘zdan kechirildi. Bu joy nafaqat yodgorlik, balki yosh avlod uchun vatanparvarlik maktabidir.

✅Tungi yoritish tizimi: Kechki payt aholining xavfsiz va maroqli hordiq chiqarishi uchun tungi yoritgich chiroqlarining sozligi, hududning yorug‘lik darajasi tekshirildi.

✅Obodonchilik va tozalik: Hiyobonning sanitar holati, o‘rindiqlar va boshqa jihozlarning butligi, yashil maydonlarning parvarishi tahlil qilindi.

💡 Maqsad — sifatli xizmat va ehtirom

Deputat Baxodir Miralimov o‘rganish jarayonida aniqlangan ba’zi texnik jihatlarni bartaraf etish hamda hiyobonni yanada ko‘rkamlashlashtirish bo‘yicha mas’ullarga o‘z tavsiyalarini berdi.

"Hiyobonlarimiz — shahar qalbining ko‘zgusidir. Ayniqsa, ajdodlarimiz xotirasi muhrlangan majmualar har doim pokiza va nurafshon bo‘lishi shart," — deydi deputat.

✍️Aziz hamshaharlar!

"Oltin olma" hiyoboni barchamizniki. Bu yerda o‘rnatilgan har bir jihoz, har bir daraxt va eng muhimi — tariximizni aks ettiruvchi yodgorliklar bizning asrab-avaylashimizga muhtoj. Keling, shahrimiz go‘zalligiga befarq bo‘lmaylik!

Olmaliq — har bir burchagi e’zozda bo‘lgan shahar!

Slide 1 of 6