Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat fuqarolar bilan uchrashib, umumxalq hasharida faol ishtirok etdi

Deputat fuqarolar bilan uchrashib, umumxalq hasharida faol ishtirok etdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullaevna 13-mart kuni “Humo” mahallasida fuqarolar bilan axborot uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla aholisiga amalga oshirilayotgan islohotlar, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mahalladagi muammolar hamda taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. Deputat tomonidan barcha murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi, masalalar mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Fuqarolar deputat bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, mahalla hayotini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir yakunida o‘tkazilgan umumxalq hashari doirasida deputat mahalla fuqarolari bilan birgalikda faol ishtirok etdi. Hashar jarayonida hududni tozalash, atrof-muhitni obodonlashtirish va mahalla ko‘rinishini yanada chiroyli qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.Mazkur tadbir fuqarolar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda mahalla hayotida jamoatchilik faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 7