Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
“Соҳил” маҳалласи - янги қиёфа сари
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat Zafar Sapayev Madaniy-maorif MFYda aholi murojaatlarini o‘rgandi

Deputat Zafar Sapayev Madaniy-maorif MFYda aholi murojaatlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Zafar Sapayev tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida Madaniy-maorif mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallada quyidagi muammolar aniqlanib, qayd etildi:

-Chortoq ko‘chasida yog‘ingarchilik paytida suv to‘planib qolishi natijasida aholi hamda o‘quvchilarning qatnovida noqulayliklar yuzaga kelayotgani;

-7-pr Uychi ko‘chasida 35 dona simyog‘och o‘rnatish zarurligi;

-vasiylikka olingan hamda nogironligi bo‘lgan farzandlar uchun o‘quv kurslari to‘lovlarini qoplashda amaliy yordam ko‘rsatish masalasi;

-imtiyozli kredit olish bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari mavjudligi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi orqali murojaat qilish belgilab olindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla profilaktika inspektorining Chilonzor tumani tajribasini tatbiq etish, davlat va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ham tinglandi.

Slide 1 of 5