Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B. Soliyeva tomonidan o‘z saylov okrugi — Bog‘i eram mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi aholiga tibbiy patronaj xodimlari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati nazorat tartibida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholi, ayniqsa keksa yoshdagilar, homilador ayollar va yosh bolalarga patronaj xizmati qay darajada tashkil etilgani, tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida amalga oshirilayotgani hamda dori-darmon ta’minoti holati tahlil qilindi.