Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Ёқубжонов Жаҳонгир Зокиржонович ҳудудидаги мактабгача таълим муассасасида бўлиб, ўрганиш ишларини олиб борди.
янв.21
Мактабгача таълим муассасасидаги шарт-шароитлар ўрганилди
янв.21
Фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ўрганилди
янв.21
Аҳоли саломатлиги йўлида амалий ташаббус
янв.21
Депутат томонидан мактабда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Янгиқўрғон туманида ҳашар ишлари уюшқоқлик билан ўтмоқда.
янв.21
“Яшил макон” лойиҳаси доирасида амалий ишлар давом этмоқда.
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди.
янв.21
Маҳаллаларда ободонлаштириш ишлари давом этмоқда
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar

 Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman mudofaa ishlari bo‘limi binosida
olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Mazkur ob’ektni ta’mirlash
loyihasining umumiy qiymati 2 milliard 100 million so‘mni tashkil etib, qurilish-ta’mirlash
ishlari pudratchi tashkilot — “Active Construction” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
 

O‘rganish jarayonida
deputatlar ob’ektda bajarilayotgan ishlar sifatiga, qurilish materiallarining loyiha-smeta
hujjatlariga muvofiqligiga, belgilangan me’yor va talablarga rioya etilishiga alohida
e’tibor qaratdilar. Shuningdek, ta’mirlash ishlarining belgilangan grafik asosida
olib borilayotgani, mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi va mablag‘lardan
maqsadli foydalanish masalalari ham ko‘zdan kechirildi.
 

O‘rganish davomida
ayrim kamchilik va nuqsonlar aniqlanib, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha
pudratchi tashkilot mas’ullariga aniq ko‘rsatma va amaliy tavsiyalar berildi. Deputatlar
tomonidan ta’mirlash ishlari sifatli, o‘z vaqtida va to‘liq yakunlanishi, shuningdek,
davlat mablag‘laridan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazorati davom
ettirilishi ta’kidlandi.
 

Mazkur o‘rganish
ishlari kelgusida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash, idora
binolarining zamonaviy talablarga javob berishini ta’minlashga qaratilgani bilan
ahamiyatlidir.
  

Slide 1 of 5