Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
Deputat 3-dekabr — Nogironlar kuni munosabati bilan “Chudo Logoped” markazida bo‘ldi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.Astanaqulova, Termiz shahar Kengash deputati Sh.Allamurotova va mutasaddilar birgalikda Termiz shahridagi “Chudo Logoped” nomli imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan bog‘chaga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida markazda yaratilgan qulay sharoitlar, bolalarning logopedik mashg‘ulotlari va individual dasturlari, reabilitatsiya va korreksion jarayonlar

bilan yaqindan tanishildi.

Deputat tarbiyachilar va bolalar bilan samimiy suhbat olib bordi. Ularning kundalik mehnati, sabr-toqat va mehr bilan amalga oshirilayotgan ishlar uchun minnatdorlik bildirildi.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi va jamiyatga faol integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va fikrlar ham muhokama qilindi.

Slide 1 of 3