Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT TOMONIDAN DEHQONOBOD MFY FAOLIYATI O'RGANILDI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Davron Teshaboyev Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Jumladan, hokim yordamchisi Z.Tursunaxmadov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, mahalladagi yoshlar yetakchisi Sh.Salohiddinov yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar, ularning bandligi va faolligini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

Ijtimoiy xodim J.Normatov tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o‘rganib chiqildi.

Deputat D.Teshaboyev amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, ularni tizimli davom ettirish zarurligini ta’kidladi, aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar doimiy kuzatilishini bildirdi.

Slide 1 of 3