#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Bandixon tumanida xotin-qizlar masalalari va oilaviy barqarorlikni ta’minlash choralari muhokama qilindi
Bandixon tumanida xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzi va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda huquqlarini ishonchli himoya qilish borasida mutasaddi tashkilotlar bilan uzviy hamkorlik olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati N.Allamuratova tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari I.Mamasolayeva bilan uchrashib, amaliy maslahatlashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlardan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilish, ularning bandligiga ko‘maklashish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ish samaradorligini oshirish va muammoli oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.