Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA HISOBOTLAR KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
BANDLIK VA DAROMADLAR — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET: G‘OLIB LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YANGI BARPO ETILGAN PIYODALAR YO‘LAGI — AHOLI UCHUN QULAYLIK
янв.21
AHOLI BANDLIGI — DOIMIY E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
10-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
8-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET LOYIHASI DOIRASIDA MINI STADION QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
13-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
“Ogohlik va hamkorlik — odam savdosi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashning muhim garovi”
“Ogohlik va hamkorlik — odam savdosi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashning muhim garovi”

Kogon shahrida mazkur mavzuga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari M. To‘raboyev, Sh. Isamutdinov va J. To‘rayevlar, “Adolat” SDP Buxoro viloyati hamda Kogon shahar Kengashlari bilan hamkorlikda odam savdosining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbir davomida ichki ishlar organi xodimi tomonidan odam savdosi va bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri — kiberjinoyatlar bo‘yicha mazmunli ma’ruza qilindi. Unda zamonaviy texnologiyalardan foydalanayotgan firibgarlarning usullari, internetdagi xavf-xatarlar va ulardan himoyalanish yo‘llari haqida muhim tushunchalar berildi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish, hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish hamda jinoyatchilikning oldini olishda barcha kuch va vositalarni birlashtirishga xizmat qiladi.

Zero, ogohlik — xavfsizlik, hamjihatlik esa kuchdir!

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash