Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA HISOBOTLAR KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
BANDLIK VA DAROMADLAR — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET: G‘OLIB LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YANGI BARPO ETILGAN PIYODALAR YO‘LAGI — AHOLI UCHUN QULAYLIK
янв.21
AHOLI BANDLIGI — DOIMIY E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
10-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
8-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET LOYIHASI DOIRASIDA MINI STADION QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
13-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
Qo‘ng‘irot MFYda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

Qo‘ng‘irot MFYda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov tomonidan 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R.Shamanov saylangan Qo‘ng‘irot MFY hududidagi elektr transformatorining holati mutaxassis T.Murodov tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida transformatorning yaroqsiz holga kelgan qismlari yangilariga almashtirilayotganligi, shuningdek, texnik ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilayotganligi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar mahalla aholisini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan.

Ta’mirlash ishlari jarayoni deputatlik nazoratiga olinib, ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3