Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA HISOBOTLAR KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
BANDLIK VA DAROMADLAR — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET: G‘OLIB LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YANGI BARPO ETILGAN PIYODALAR YO‘LAGI — AHOLI UCHUN QULAYLIK
янв.21
AHOLI BANDLIGI — DOIMIY E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
10-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
8-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET LOYIHASI DOIRASIDA MINI STADION QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
13-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
TA’LIM SIFATI VA QONUN IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Ta’lim olish huquqini ta’minlash, o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish va ta’lim sifatini izchil oshirib borish umumiy o‘rta ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan maktab rahbariyati suhbatlashdi.

Muloqot davomida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, pedagoglarning faoliyati, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quvchilarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, darslarga muntazam jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim muassasasida sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq vazifalar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan ta’lim sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, o‘quvchilar manfaatlari va huquqlari ta’minlanishi hamda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3