Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Notarial xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xalq qabulxonasida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonun ijrosini o‘rganildi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Mustaqillik bog‘ida zamonaviy IT-Park barpo etildi
янв.21
Hududni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Balandchaqir mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holat o‘rganildi
янв.21
Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi
янв.21
Sovot mahallasida ichimlik suvi loyihasi o‘rganildi
Kengash_faoliyati

Deputat nazorati: Bandixonda xotin-qizlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati B.Yo‘ldoshev tomonidan tumanda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish maqsadida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Mamasolayevaning ish faoliyati o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
✅“Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi: Ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan manzilli yordamlar, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish holati;
✅Ajrimlarning oldini olish: Mahallalarda oilaviy ajrimlarni kamaytirish, nizo kelib chiqqan oilalar bilan manzilli ishlash samaradorligi;
✅Xotin-qizlar faollari bilan hamkorlik: Mahallalardagi xotin-qizlar faollarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga amaliy ko‘mak berish darajasi.

✅Deputat B.Yo‘ldoshev o‘rganish jarayonida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, hududda xotin-qizlar muammolarini hal etish tezkorligini oshirish va og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga ko‘maklashish tizimini yanada jadallashtirish bo‘yicha o‘z taklif hamda tavsiyalarini bildirdi.

Slide 1 of 1