Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Mustaqillik bog‘ida zamonaviy IT-Park barpo etildi
янв.21
Hududni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Balandchaqir mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holat o‘rganildi
янв.21
Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi
янв.21
Sovot mahallasida ichimlik suvi loyihasi o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimidagi ishlar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Istirohat bog‘i holati o‘rganildi
TURON MFY FUQAROLARI UCHUN SAMARQAND SHAHRIGA MA’NAVIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI

TURON MFY FUQAROLARI UCHUN SAMARQAND SHAHRIGA MA’NAVIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov tashabbusi bilan Navoiy shahar Turon mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ nuroniylar hamda kam ta’minlangan oilalar uchun Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishi, tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishishi hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar qadimiy va boy tarixga ega Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, me’moriy yodgorliklari hamda tarixiy obidalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.Ta’kidlanganidek, bunday ezgu tashabbuslar nuroniylar va ehtiyojmand oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4