Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim sifati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Oqila ayollar” bilan uchrashuv
янв.21
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida o‘z faoliyati to‘g‘risida saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Yangiobodda yangi bog‘ barpo etilmoqda!
янв.21
Hududlarda amaliy ishlar — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o'n sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish holati o'rganildi.
янв.21
Qo‘shqand mahallasi xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda ko‘chat ekish jarayoni
#sorov_ijrosi Kattaqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasining 100 metri 2026-yilda ta’mirlanadi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati N.Kiyamov tomonidan “G‘ofur G‘ulom” mahallasidagi Kattaqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasining yomon holati yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga rasmiy javob berildi.

Tuman hokimining o‘rinbosari – Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Ochilov tomonidan berilgan Javob xatida aniq qayd etilishicha, mazkur ko‘chaning 100 metr qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori asosida shakllantirilgan 2026-yilgi ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash dasturiga kiritilgan.

Shunga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasida ta’mirlash ishlari 2026-yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Mazkur qaror asosida hududlardagi ichki yo‘llarni yaxshilash ishlari izchil davom ettirilmoqda hamda fuqarolar murojaatlari amalda o‘z yechimini topmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1