Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Mahalladigi yoshlar yetkachisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi".

      Xalq deputatlari Guliston tuman Kengash 16-Yulduz saylov okrugidan deputat X. Yusubaliyev tomonidan Yulduz MFYda yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

      O‘rganish davomida mahalladagi tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash holati tahlil qilindi. Jumladan, “Yoshlar daftari”dagi fuqaro H.Arabboyevga motokultivator berilib, bandligi ta’minlanganligi manzilli o‘rganildi.

       Deputat tomonidan yoshlar yetakchisiga faoliyatni yanada takomillashtirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini tizimli ravishda hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 5