Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
YOSHLAR XAVFSIZLIGI — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
Sarmich mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Balandchaqir MFY hududida barpo etilayotgan “IT-Park” obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari
янв.21
Fuqarolar qabuli
янв.21
Qo‘riq qishlog‘i aholisiga qonun targ'iboti bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Balandchaqir MFYda joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarishlash xizmati ko‘rsatish uyiga tashrif
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
Deputat mahallada

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A.J. Bekjanov mahalladagi madaniyat muassasalar va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini o‘rganish maqsadida “Shayxlar” MFY hududidagi 9-son maktab kutubxonasida tuman Kengashi xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda o‘rganish o‘tkazdi.

Maktab kutubxonasida jami 10 200 dona kitob fondi mavjud bo‘lib, shundan 1 326 donasi badiiy adabiyotdir. Hozirgi kunda kutubxona 425 nafar abonentga xizmat ko‘rsatmoqda.

Kutubxona mudirasi Laylo Bakiyevaning ma’lum qilishicha, abonentlarning ma’lum qismini maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilaridan tashqari mahalliy aholi vakillari tashkil etayotgani quvonarli holatdir.

O‘rganish jarayonida maktab jamoasini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputati A.J. Bekjanov bilan mazmunli va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Slide 1 of 3