Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
YOSHLAR XAVFSIZLIGI — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
Sarmich mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Balandchaqir MFY hududida barpo etilayotgan “IT-Park” obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari
янв.21
Fuqarolar qabuli
янв.21
Qo‘riq qishlog‘i aholisiga qonun targ'iboti bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Balandchaqir MFYda joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarishlash xizmati ko‘rsatish uyiga tashrif
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maxammatov Alisher Namazovich

#Deputat_nazorati 

#Deputat_faoliyati

“Deputat tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash”

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maxammatov Alisher Namazovich Abu Ali Ibn Sino nomidagi Payariq Jamoat salomatligi texnikumida yoshlarga yaratilgan kutubxona faoliyati bilan tanishdi.

O'rganish davomida deputat kutubxonada yaratilgan sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi hamda o‘quvchilar uchun tashkil etilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, yoshlarning bilim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari, elektron resurslar hamda internet imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Deputat tomonidan kutubxona fondini boyitish, yangi nashrlar bilan ta’minlash va o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2